19:16 / 29.01.2020
0
5935
«Arsenal» yangi transferini e'lon qildi

Braziliyaning «Flamengo» klubi himoyachisi Pablo Mari Londonning «Arsenal» klubiga o‘tdi.

Ispaniyalik futbolchi keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum yakuniga qadar «Arsenal»ga ijaraga berilgan.

Ushbu futbolchi londonliklar klubining qishki transferlardagi ilk transferi bo‘ldi. Qayd etilishicha, Mari Tomas Vermalendan keyingi 2009 yildan buyon jamoa taklif etgan ilk chapaqay markaziy himoyachidir. 

Ma'lumot uchun, Mari o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Flamengo»ga o‘tgandi. Ispaniyalik futbolchi Braziliya klubida 30 o‘yinda 3ta golga mualliflik qilgan. Himoyachi «Flamengo» safida Libertadores kubogi va Braziliya chempionati g‘olibiga aylandi. Marining transfer bozoridagi bahosi 1,8 million yevroni tashkil etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top