13:19 / 30.01.2020
0
2936
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Joriy yilning 27-28 yanvar kunlari Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz” mavzusida uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbirda soha mutaxassislari, jumladan, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti rektori A.Riskulov, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O.Jumaniyazov, bo‘lim boshlig‘i D.Musayev, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yo.Sa'diyev hamda institut talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida bildirgan yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar, shuningdek, 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlis a'zolariga yo‘llagan Murojaatnomasida oliy ta'lim yo‘nalishida belgilangan vazifalar, jumladan, nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerakligi, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar muhokamasiga keng urg‘u berib, Prezidentimizning Yoshlar orasida “Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo‘laman!”, deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. Yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir. Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi,” – deya ta'kidlagan fikrlariga to‘htalib, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida ma'lumotlar bildirishdi.

Albatta, bu kabi uchrashuvlar hamda ma'rifiy tadbirlar katta-katta maqsadi bor, biroq uni amalga oshirishda ikkilanib turgan yoshlarni ruhlantirishi, tabiiy. Olib borilayotgan bunday sa'y-harakatlar oxir-oqibatda aniq tashabbusi bor, yangi-yangi g‘oyalari bilan yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor butun boshli bir avlodni yuzaga chiqarishi, shubhasizdir.

Tadbir davomida institutning bir qator iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan tadbir tavsilotlari, yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va yaratilayotgan keng sharoitlar to‘g‘risida so‘zga chiqishib, o‘z fikirlarini bildirishdi.

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top