Mirobod tuman prokuraturasi iş yurituvidagi jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borildi, deb xabar bermoqda Boş prokuratura matbuot xizmati.
Uning davomida Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiyasi institutining doimiy tanlov komissiyasi raisi T.Ş. institut yotoqxonalari uçun mebel jihozlarini sotib oliş yuzasidan ötkazilgan tender tanlovida bir dona karavot uçun 915 000 sömdan yetkazib beriş taklifi mavjud bölsa-da, muqobil qimmatroq variantni körsatgan tadbirkorlik sub'yektini asossiz ravişda tanlovda ğolib sifatida körsatganligi natijasida 360 dona karavotlar haqiqiy bozor bahosidan 18 000 000 sömga qimmat narxda sotib olinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.Ş.ga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan ayb e'lon qilindi, tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.












