16:15 / 07.02.2020
0
8045
Namanganda 20 ming qalbaki dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi qalbaki xorijiy valutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi

Foto: REUTERS

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi va Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasini jalb qilgan holda o‘tkazgan o‘zaro hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida katta miqdordagi qalbaki xorijiy valutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi. 

Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Ola-buqa tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.N. chegaradan noqonuniy olib kirilgan 200 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyurasini Namangan shahrida xaridorga 9 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Ushbu qalbaki 20 ming AQSh dollarining milliy valutadagi ekvivalenti 190 mln. so‘mdan ziyodni tashkil etadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top