11:18 / 10.02.2020
2
5139
Yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun litsenziyani endilikda onlayn olish mumkin

Yo‘lovchi va yuklarni avtomobil transportida tashish uchun litsenziyani endilikda my.gov.uz portali orqali olish mumkin

Foto: KUN.UZ

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga litsenziya olish jarayonini sezilarli darajada soddalashtira oladigan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya olish” xizmati ishga tushirildi.

Endilikda ariza beruvchi, yo‘lovchilar va yuklarni tashishni amalga oshirish uchun litsenziya olishga quyidagi havola orqali ariza berishi kifoya, bunda zarur maydonchalar to‘ldiriladi va ariza tasdiqdan o‘tishi 3 ish kuni davomida kutiladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarida yig‘im undiriladi. Lisenziya kartasini berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

Lisenziyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yozma yoki elektron shaklda bir ish kuni ichida taqdim etiladi, bu esa Yagona portalning yana bir afzalligi hisoblanadi. Lisenziyaga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan litsenziya bitimi ilova qilinadi.

Xizmat Markaz, Yagona integrator UZINFOCOM va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top