Serbiya poytaxti Belgradda 2025 yil 1 yanvardan boşlab 1,7 millionga yaqin aholi, şuningdek, şaharga taşrif buyuruvçilar jamoat transportidan bepul foydalanadi, deb xabar berdi Reuters 18 dekabr, çorşanba kuni.
Belgrad meri Aleksandar Şapiç jurnalistlarga tuşuntirganidek, bu çora poytaxt köçalarida tirbandlikni bartaraf etiş va tirbandlikka qarşi kuraşişga qaratilgan. Hozirda Belgradda jamoat transporti uçun çipta 90 daqiqa davomida amal qiladi va bir bekatdan boşqasiga ötiş huquqini beradi, u 50 dinor turadi (konvertatsiya qilinganda: 0,43 yevro).
Belgrad jamoat transporti tizimi ön bitta tramvay liniyasi, sakkiz trolleybus liniyasi va 200 dan ortiq avtobus liniyalarini öz içiga oladi, deb eslatadi Reuters. Ötgan yili Serbiya poytaxtida birinçi metro liniyasi qurilişi boşlandi. Bolqondagi boşqa köplab yirik şaharlar singari Belgradda ham köp sonli avtomobillar tufayli havo ifloslanişi bilan boğliq jiddiy muammo bor.












