17:36 / 18.02.2020
0
16371

Toshkentda Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 14 fevral kuni soat 23:00da Shayxontohur tumani navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, "Shodlik" mahallasidagi xonadonlardan birida janjal kelib chiqqan. Voqea joyiga PPX va Milliy gvardiya xodimlari yetib borishgan. 

Xodimlar mast holatda qo‘lida pichoq ushlab turgan erkakni tinchlantirmoqchi bo‘lganlarida, u Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazgan. 

Ular 25 yoshli B.A.ni qo‘lga olib, Shayxontohur tumani IIO FMB 8-son IIBga holatni atroflicha o‘rganish va qonuniy chora ko‘rish uchun olib borishdi. 

B.A. muqaddam sudlangani aniqlandi, deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top