22:57 / 19.02.2020
3
9973
Fotoreportaj: Xalqaro aviatsiya forumining ilk kuni qanday o‘tdi?

19 fevral kuni Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar zalida «Uzbekistan Airpors, Aviation&Logistics Forum» Birinchi xalqaro aviatsiya forumiga boshlandi.

Birinchi xalqaro aviaforumga dunyoning turli mamlakatlaridan 180ga yaqin kompaniya vakillari tashrif buyurgan. «Boing» va «Jetcraft» (AQSh), «Air Charter Service» (Buyuk Britaniya), «Bombardier Business jets» (Kanada), «TLD» (Hindiston), «Luftansa Consulting» (Germaniya), «EGIS» (Fransiya), «ATR» (Ispaniya), «Kuwait Airways» (Kuvayt), «Air Arabia» va «BGT Evens» (BAA), «Gulf Air» (Bahrayn), «Korean Air» va «Asiana Airlines» (Janubiy Koreya), «Azerbaijan Airlines» (Ozarboyjon), «Aeroflot» va «IrAero» (Rossiya), «Al Masriya» (Misr), «Zagros Airlines» (Eron), «Pegasus Airlines» va «Turkish Airlines» (Turkiya), «Mitsubishi Corporation» (Yaponiya), «Air Astana» (Qozog‘iston) shular jumlasidandir.

Ushbu kompaniyalar vakillari aviaforum doirasida o‘tkazilgan yalpi sessiyalarda ishtirok etishdi.

Mazkur sessiyalarda Charlz Sklumberger (The World Bank), Asxat Torshin (Lufthansa Consulting), Amir Otakiy (Bombardier), Kamil Al-Avadhiy (Kuwait Airways), Aytach Mastaliyeva (Amadeus), Ralf Veber (Airbus), Aleksey Sinitskiy (AtoEvens) kabi ko‘plab xalqaro ekspertlar chiqish qilib, turizm va transport tizimini rivojlantirishga oid tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Eslatib o‘tamiz, I Xalqaro aviatsiya forumi ertaga 20 fevral kuni o‘z ishini davom ettiradi. 

 

 

Suratlar muallifi Nuriddin Nursaidov

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top