12:22 / 29.02.2020
0
5568
Termizda giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan Afg‘oniston fuqarosi ushlandi

Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari o‘tkazishning oldi olindi

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 26 fevral kuni taxminan soat 11:30larda IIB xodimlari tomonidan Termiz shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tadbir jarayonida Afg‘oniston Respublikasi fuqarosi 52 yoshli N.A. 98,50 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 14.000.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tekshiruv jarayonida, N.A. ushbu giyohvandlik vositasini belgilangan bojxona nazoratidan yashirin ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda yo‘li bilan katta miqdordagi giyohvandlik vositasini o‘tkazish) va JKning 25,273-moddasi 5-qismi (katta miqdordagi giyohvandlik vositasini o‘tkazishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov jarayonida N.A.ga nisbatan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Qayd etilishicha, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top