22:02 / 02.03.2020
0
13856
Saudiya Arabistonida koronavirusdan ilk kasallanish holati qayd etildi 

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etildi. Virus podshohlikka Erondan kelgan saudiyalikda aniqlangan.   

Foto: Reuters

Bu haqda Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.  

“Laboratoriya tekshiruvlari Erondan Bahrayn orqali kelgan saudiyalik koronavirusga chalinganini tasdiqladi”, deyilgan xabarda. Ayni vaqtda kasallangan fuqaro shifoxonalardan biriga karantinga joylangan, u shifokorlar kuzatuvi ostida qolmoqda. U bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilar aniqlanib, ulardan tahlillar olingan.    

Avvalroq Saudiya Arabistoni rasmiylari koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holda Makka shahrida Umra amalini bajarish va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygandi. 

Shuningdek, podshohlikda koronavirusga chalinish holatlari ko‘p sonda qayd qilingan 7 ta davlat - Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya, Italiya va Qozog‘iston fuqarolariga elektron turistik vizalar berilishi vaqtincha to‘xtatilgandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top