23:38 / 05.03.2020
0
17770
Tojikistonda koronavirus sababli masjidlar yopilgani, maktablar esa yopilmagani sababi tushuntirildi 

Tojikiston rasmiylari koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatda masjidlar yopilgani, maktablar esa yopilmagani sababini tushuntirishdi.

Foto: Dialog

Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot vazirligining koronavirus oldini olish shtabi boshlig‘i Mirhamuddin Kamolzodaning ma'lum qilishicha, respublikada oliy va o‘rta ta'lim muassasalari karantinga yopilmaydi

4 mart kuni Tojikiston ulamolari kengashi sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, imom-xatiblarga masjidlarda jamoat namozlarini vaqtincha o‘tkazmaslik tavsiyasi bilan murojaat qilgan.    

Shundan keyin respublikadagi barcha masjidlar yopilgan. Kamolzodaning ta'kidlashicha, Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmagan bo‘lsa-da, hokimiyat nafaqat masjidlar, balki boshqa bir qator muassasalar faoliyatini cheklashga majbur bo‘lmoqda.

Kamolzoda maktablar, kollejlar va oliy ta'lim muassasalarida o‘quvchilar va talabalar muntazam ko‘rikdan o‘tkazilayotgani va ota-onalarga maslahatlar berib borilayotganini ma'lum qilgan.

“Harorati yuqori yoki nafas olishida shikoyati bo‘lgan bolalar shifokorlarga murojaat qilishlari lozim, ular ta'lim muassasasiga tashriflardan ozod qilinadilar. Vazirlik maktablar va OTMlarga o‘quvchilar va talabalar haroratini o‘lchash uchun termometrlar xarid qilish vazifasini topshirgan. Barcha ta'lim muassasalarida ularning yopilishini istisno qiluvchi, binolarni zararsizlantirish kabi epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda”, deb ma'lum qilgan mutaxassis.

“Respublikaning yirik shaharlaridagi masjidlarga xorijliklar ham kelib namoz o‘qiydi. Ma'lumki, koronavirus havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Bizda masjidlarni kuniga 6-7 martalab tozalash va gilamlarni xlorli vositalar bilan zararsizlantirish imkoni yo‘q”, deb ta'kidlab o‘tgan Kamolzoda va hokimiyat tomonidan bu borada boshqa musulmon davlatlar tajribasi o‘rganilganini qo‘shimcha qilgan. 

Shuningdek, Tojikiston ta'lim va fan vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, Navro‘z bayramiga tayyorgarlikni to‘xtatgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top