13:19 / 11.03.2020
0
2649
Temir yo‘lda elektron chiptalardan foydalanishda qo‘shimcha qulaylik yaratildi - Transport vazirligi

Elektron chiptani rasmiylashtirgan yo‘lovchilarga endi uni A-4 shaklida chop etish zarurati yo‘q. Elektron chiptani smartfon yoki planshetlarda taqdim etishning o‘zi kifoya

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan elektron chiptalarni zamonaviy texnologiyalar QR-kod orqali tekshiruvchi maxsus moslamalarni sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.  

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, bu yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, poyezdlarga chiqish oldidan chiptalarni tekshirish jarayoniga sarflanadigan vaqtni qisqartirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, ayni damda yangi moslamalar Afrosiyob poyezdlarining birida sinovdan o‘tkazilmoqda. Elektron chiptani rasmiylashtirgan yo‘lovchilarga endi uni A-4 shaklida chop etish zarurati yo‘q, ya'ni elektron chiptani smartfon yoki planshetlarda taqdim etishning o‘zi kifoya.

Nazorat-o‘tkazish punkti xodimlari hamda vagon kuzatuvchilari elektron chiptaning haqiqiyligini maxsus moslama bilan tekshiradi, keyin esa yo‘lovchi chipta bo‘yicha o‘z joyini egallashi mumkin bo‘ladi.

Hozirda qurilmalar “Toshkent-Markaziy” vokzalida sinovdan o‘tkazilmoqda. Keyinchalik tizim barcha vokzallarda joriy etilishi rejalashtirilgan. Sinov ishlari mart oyining oxirigacha davom etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top