«Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temir yöli qurilişini boşlaşga tayyorgarlik köriş işlari yakunlandi. Bu haqda Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov ma’lum qildi.
«Barça jarayonlar yakunlandi va bu yil biz Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöli qurilişi boşlanişini kutmoqdamiz. Bu bizga Qirğiziston, Özbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizini öz içiga olgan, Örta yöl deb ataladigan yölga çiqiş imkoniyatini beradi. U bizni dengizga, Yevropaga – global va boşqa tarmoqlar, temir yöl liniyalari va dengiz yöllariga olib çiqadi. Qirğiziston nihoyat dengizga çiqa olmagan davlat maqomini yöqotadi», dedi Japarov.
Unga köra, ayni paytda temir yöl qurilişi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yangilanmoqda.
«Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöli qurilişiga 8 milliard dollarga yaqin mablağ yönaltiriladi», deb qöşimça qildi Japarov.













