21:39 / 18.03.2020
6066

Brent nefti narxi 17 yil ichida birinchi marta 27 dollardan tushib ketdi

Brent nefti narxi London birjasidagi savdolar vaqtida 26,75 dollargacha tushib ketdi. 

Foto: Reuters

Soat 16:28ga kelib neft narxi 26,69 dollarni tashkil qilgan. Oxirgi marta bu turdagi neft narxi 27 dollardan pastroqqa 2003 yil sentyabrda tushgan. O‘shanda dunyo avvalgi epidemiya – atipik zotiljamni boshdan kechirgan. 

WTI turidagi neft esa 10,5 foizga arzonlashib, narxi 24,44 dollargacha tushib ketgan. Neft narxining bunday qadrsizlanishiga koronavirus sababli talab pasaygani va OPeK+ kelishuvi barbod bo‘lgani sababli taklif ko‘paygani sabab bo‘lgan. 

Buning ortida Rossiya rubli ham qadrsizlanib, bir dollar 80 rublni tashkil qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top