«Hozirda tezkor xizmatlar voqea joyida ishlamoqda. Vaziyat gubernator Igor Rudenining shaxsan nazoratida», - deyiladi xabarda.

Bungacha bir qator Telegram-kanallarida Yeroxino qishlog‘i yaqinida joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujumi sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Baza, Mash va SHOT ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda ikkita dron ishtirok etgan.

«Birinchi uchuvchisiz uchish apparati soat 3:15 da uchib keldi. U moy sexi binosiga urildi, shundan so‘ng portlash sodir bo‘ldi - natijada binoning tomi va devori shikastlangan. Ikkinchi UUA yarim soatdan keyin uchib keldi - u yerga quladi va portladi. Yong‘in korxona xodimlari tomonidan o‘chirilgan, qurbonlar yo‘q», deb yozadi Baza.

Ma’lumot uchun, Yeroxinodagi stansiya «Drujba» neft quvuriga xizmat ko‘rsatadi.

27 may kuni ertalab ikkita dron Pskov viloyati Nevelsk tumani Litvinovo qishlog‘i yaqinidagi neft quvuriga hujum qildi, deb xabar berdi viloyat gubernatori Mixail Vedernikov Telegram’da.

Hujum natijasida neft quvurining ma’muriy binosi shikastlangan, qurbonlar yo‘q.

Baza ta’kidlashicha, dronlar «Transneft» neft o‘tkazish stansiyasiga hujum qilgan.