15:33 / 26.03.2020
33255

KXDR koronavirusga qarshi kurashda xalqaro yordam so‘rab murojaat qildi

Financial Times manbalaridan birining aytishicha, KXDRda 590 kishi koronavirusga testdan o‘tkazilgan, ularning barchasi mamlakatga yanvarda xorijdan kelgan. Testlar salbiy natijani ko‘rsatgan.

Foto: KCNA/Reuters

KXDR koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda xalqaro yordam so‘rab murojaat qildi, deb yozmoqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib. 

Nashrning qayd etishicha, KXDR koronavirusni aniqlovchi testlar olishni istamoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kasallikka chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat aniqlanmagan, ammo ekspertlar bu ma'lumotga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

Gazeta manbalaridan birining aytishicha, KXDRda 590 kishi koronavirusga testdan o‘tkazilgan, ularning barchasi mamlakatga yanvarda xorijdan kelgan. Testlar salbiy natijani ko‘rsatgan.

"Hukumatda koronavirus testlari bor va ulardan qanday foydalanishni bilishadi, ammo testlar soni yetarli emas. Shuning uchun ular barcha tashkilotlardan ularni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ramoqda", - deya manbaning so‘zlarini keltiradi gazeta.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top