20:34 / 01.04.2020
16062
Maxsus ruxsatnoma bilan viloyatlararo harakatlanish mumkinmi?

30 martdan boshlab, Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlararo va markazlarida avtomobil harakatiga cheklov o‘rnatildi. Maxsus ruxsatnoma va alohida holatdagina viloyatlararo harakatlanishga ruxsat beriladi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, maxsus ruxsatnoma bilan avtomobil haydovchisi viloyatlararo harakatlanishi mumkin. Shuningdek, tibbiy ma'lumotnomaga ega bo‘lgan, davolanish maqsadida viloyatlararo harakatlanishi o‘ta zarur bo‘lgan, ammo ruxsatnomaga ega bo‘lmagan avtomobil egasi ham ushbu huquqqa ega bo‘ladi.

«Shuni unutmaslik kerakki, har ikki holatda ham hududlarda tashkil etilgan post xodimlari mashinani to‘xtatib, harakatlanish maqsadini so‘rashga haqi bor. Bundan tashqari, maxsus ruxsatnomasi bo‘lmay, tibbiy ma'lumotnoma bilan yo‘lovchini boshqa hududga olib ketayotgan mashina egasi karantin yakuniga qadar, avvalgi manzilga qayta olmaydi», - deydi u.

Ta'kidlanishicha, maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar faqat xizmat vazifasi va ish faoliyati yuzasidan boshqa hududga o‘tishi mumkin. Bunda tibbiy buyum yo tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari tashib keltirish ham nazarda tutilgan.

«Maxsus ruxsatnomaga ega mashina haydovchisi o‘zidan tashqari faqat bitta yo‘lovchi bilan harakatlanishi mumkin», dedi G‘iyosov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top