20:38 / 05.04.2020
5459
Afg‘onistonda yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Muhammad Xanif Atmarni tashqi ishlar vaziri etib tayinladi.

Muhammad Xanif Atmar / Foto: twitter

Bu haqda 1TV News telekanali xabar berdi.   

Avval bu lavozimni Xorun Choxonsuriy egallagan.

Ta'kidlanishicha, Atmar avval ham vazir lavozimlarini egallagan. Jumladan, u Afg‘oniston qishloq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish vaziri, ta'lim vaziri va ichki ishlar vaziri lavozimlarini egallagan. 2019 yilda prezident saylovlarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan va nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, biroq keyinroq nomzodini qaytib olgan.

Hozircha Atmar vazir lavozimini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritadi. Uning tayinlovi parlament tomonidan ma'qullangach, rasman lavozimni egallaydi.

Top