15:35 / 07.04.2020
9887
Qirg‘izistonda koronavirus tarqatganlik uchun dastlabki jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish holatlari 228taga yetgan, to‘rt kishi vafot etgan.

Qirg‘izistonda koronavirus tarqatganlik uchun dastlabki jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi mamlakat COVID-19ga qarshi kurashish shtabi.

Xabarda aytilishicha, gumonlanuvchi – O‘sh viloyatida yashovchi shaxs karantin qoidasini buzgani uchun ushlangan. Tekshiruv davomida uning koronavirusga chalinganligi aniqlangan.

"Afsuski, u kasalligini o‘z qarindoshlari, do‘stlari, hamkasblaridan yashirgan va virus tarqatgan. U hozirda observatoriyada ushlab turilibdi. Tuzalganidan keyin 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etiladi", - deb ma'lum qildi shtab vakili.

Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish holatlari 228taga yetgan, to‘rt kishi vafot etgan. Respublikada favqulodda vaziyat rejimi, qator shaharlar hamda poytaxtda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

JSSTning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,21 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 67,6 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top