Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi
O‘zbekiston prezidenti “2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan, 2020—2022 yillarda Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.
Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
• tumanning Bosh rejasini tanqidiy o‘rganib, yo‘l-transport infratuzilmasi, shoh ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar qurilishi, istirohat bog‘lari, sayilgohlar, zamonaviy savdo markazlari, infratuzilma obektlari va sanoat zonalarini joylashtirish masalalarini muhandislik tarmoqlari bilan birgalikda ko‘rib chiqib, takliflarni tayyorlash hamda yaqin va o‘rta istiqboldagi shaharsozlik vazifalarini belgilab olish;
• tuman markazining memoriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish, tarixiy qismini rekonstruksiya qilish, ko‘p qavatli uy-joy fondini sifat jihatdan yaxshilash, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish;
• tadbirkorlarni jalb etgan holda, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini jadal rivojlantirish;
• muhandislik-kommunikatsiya, xususan, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, avtomobil yo‘llari va ichki ko‘chalar holatini yaxshilash, tuman markazidagi massivlarda zamonaviy tungi yoritish uskunalari va chiroqlarini o‘rnatish;
• ichki va tumanlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi jamoat transportining yangi yo‘nalishlarini ochib, aholiga sifatli va qulay transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish;
• oliy ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sifati va ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlik, texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot hamda mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
• ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini ta'mirlash, jihozlarini yangilash, hududlarini obodonlashtirish, mutaxassislar malakasini va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish hamda bu sohada xususiy sektor ulushini ko‘paytirish;
• zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikalari va tashxis markazlarini barpo etish;
• sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni jadal rivojlantirish;
• soliqqa tortish bazasini kengaytirish orqali mahalliy budjetga daromadlar tushumini oshirish.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024