20:44 / 10.04.2020
34292
«Yuragi otni kallasidek» haydovchilarga jarima solindi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Yuragi otni kallasidek ekan. Qashqadaryoda yangi chellenj" sarlavhali video lavhalar tarqaldi. Ularda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Tokzor MFY hududidagi suv quvurlari ustidan haydovchilar o‘z jonini xavf ostiga qo‘yib "Spark", "Tiko" va "Neksiya" rusumli transport vositalarida harakatlanib o‘tishgan. 

Ayni vaqtda "Spark" va "Tiko" rusumli transport vositalari haydovchilari aniqlandi va ularga nisbatan chora ko‘rildi. Endilikda, ularning har biri 2 mln 230 ming so‘mdan jarima to‘lanadi. Shu bilan birga, haydovchilar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yganliklarini tushunib yetgan. Hozirgi vaqtda "Neksiya" rusumli transport vositasi haydovchisini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Hurmatli haydovchilar! Kimgadir yaxshi ko‘rinish yoki ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘lish evaziga o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ymasligingizni, oilangiz va yaqinlaringiz uchun sog‘-salomat bo‘lishingizni, yuqoridagi kabi xatoni takrorlamasligingizni so‘rab qolamiz.  

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Top