Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 24 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida yaşovçi fuqaro O.Yu.dan murojaat kelib tuşdi.

Murojaatda Çiroqçi tumanida yaşovçi voyaga yetmagan qiz B.B.ga (2006 yilda tuğilgan) nisbatan jinsiy tegajoğlik qilinib, bu videoga olingani va tasvirni tarqatiş bilan tahdid qilinayotgani bildirilgan. Bolalar ombudsmani mazkur holatni öz kuzatuviga oldi.

Aniqlanişiça, 2023 yil iyul oyida B.B.ga Ş.X. tomonidan jinsiy tegajoğlik qilinib, bu holat boşqa şaxs - J.M. tomonidan telefon orqali videotasvirga olingan. Keyinçalik J.M videotasvirni tarqatib yuboriş bilan qörqitib, qizdan tovlamaçilik yöli bilan pul olgan, ammo şundan keyin ham videotasvirni tarqatiş bilan tahdidni davom ettirib, tovlamaçilik qilib kelgan.

Mazkur holat böyiça B.B. (2006 yilda tuğilgan) 2024 yilning 30 mart kuniga kelibgina tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekşiruv doirasida sudga oid tibbiyot, kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan.

Joriy yilning 8 aprel kuni JKning 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 118-moddasi 1-qismi (Nomusga tegiş) va 165-moddasi 1-qismi (Tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat işi Qaşqadaryo  viloyati prokuraturasi nazoratida, Bolalar ombudsmani bu borada öz kuzatuvini davom ettirmoqda.