14:33 / 18.04.2020
13365
Koronavirus: Xorazmda yana uch nafar bemor tuzaldi

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 3 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugun yana uch nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga ko‘ra, tuzalganlarning barchasi charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga olib kelingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ularning uchalasi ham erkak bo‘lib, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidan. 

61, 47 va 29 yoshli bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifokorlar tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi. 

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 3 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.

Hozirga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 164 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top