23:09 / 19.04.2020
10659
Afg‘onistonda tarixiy saroy koronavirusga chalinganlar uchun markazga aylantirildi

Afg‘oniston rasmiylari bir asrlik tarixiy saroyni koronavirusga chalinganlarni joylashtirish va davolash uchun vaqtincha qo‘llashga qaror qildi.

Dor ul-Omon saroyi / Foto: Ariana News

Bu haqda Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri Feruziddin Feruz xabar qilgan.

Ma'lum qilinishicha, 18 aprelda Kobuldagi Dor ul-Omon saroyida koronavirusga chalinganlar uchun markaz ochilishi rasmiy marosimi bo‘lib o‘tgan. Tadbirda vazir markazda bemorlar uchun 200 ta joy borligini ma'lum qilgan.   

Feruziddin Feruz saroyda kasallik yengil o‘tayotgan bemorlar joylashtirilishini qo‘shimcha qilgan.

Kobuldagi Dor ul-Omon saroyi 1920-yillarda Germaniya va Fransiyadan taklif qilingan arxitektorlar tomonidan barpo etilgan. Saroyda uning bir asrlik tarixi davomida o‘z vaqtida Kobul meriyasi, jamoatchilik ishlari vazirligi, mudofaa vazirligi va milliy muzey joylashgan. 2005 yildan boshlab saroy Afg‘oniston hukumati muhofazasi ostiga olingan.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top