08:57 / 20.04.2020
3406
Marafonchi karavot atrofida 100 kmlik masofani yugurib o‘tdi

Rossiyalik sportchi karantin sharoitida karavoti atrofida 100 kmlik masofani yugurib o‘tdi.

Foto: Videodan kadr

Rossiyalik yuguruvchi Dmitriy Yakuxniy jismoniy holatini yo‘qotmaslik uchun karavoti atrofida 100 kmni yugurib o‘tdi. U antiqa mashg‘uloti videosini Instagram’da e'lon qilgan.

Marafonchining ta'kidlashicha, unga bunday masofani yugurib o‘tish uchun 10 soat 19 daqiqa talab etilgan. 

“Butun oilam mening tashabbusimni qo‘llab-quvvatladi, bolalar men bilan biroz yugurishdi. Rafiqam esa buning barchasini videoga olib turdi”, deb aytgan sportchi.

Uning ta'kidlashicha, u xonada o‘tkazgan ultramarafon vaqtida sur'atni pasaytirmaslik uchun yugurayotgan holda tanovul qilishiga to‘g‘ri kelgan. Unga uzoq masofani bosib o‘tishda musiqa yordam bergan.

Top