Yengil atletika böyiça Özbekiston terma jamoasi a’zosi Şohrux Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpidasi yöllanmasiga ega çiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi xabar qildi.
Bu Özbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qölga kiritgan 15-yöllanmasi böldi.
Davlatov Ispaniyada ötgan Valencia Marathon Trinidad Alfonso turnirida 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uçun qöyilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxşiroq natija.
Şohruh uşbu körsatkiç bilan 38 yil avval örnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangiladi. Valensiyadagi musobaqada Davlatov umumiy hisobda 18-örinni egallagan.
Ta’kidlanişiça, surxondaryolik atlet sönggi 2 yil içida bir neça oy davomida Keniyada öquv-maşğulot yiğinlarida qatnaşgan.








