09:59 / 21.04.2020
1270
«O‘zbekinvest» ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi bo‘yicha 132,9 mln so‘m to‘lab berdi
Foto: O‘zbekinvest

6 apreldan 17 aprelgacha bo‘lgan muddat davomida «O‘zbekinvest» 132,9 mln so‘m sug‘urta qoplamasini to‘ladi, korxonada ro‘y bergan baxsiz hodisa natijasida ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisiga ega shaxs Yu.A. mehnat qobiliyatini yo‘qotdi va unga bitta sug‘urta hodisasi uchun eng yirik bo‘lgan to‘lov – 106,7 mln so‘m miqdorida sug‘urta badali to‘lab berildi.

Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisi tufayli turli sohalardagi ishchilar ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalardan o‘zlarining mehnatga layoqatliliklarini sug‘urtalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, polis xodim tomonidan emas, balki xodimlariga oldindan g‘amxo‘rlik qiladigan ish beruvchi tomonidan olinadi.

Shunisi qiziq-ki, kompaniyaning yo‘qotishlarini o‘rganish tartibi qayta ko‘rib chiqilib, to‘lov jarayoni avtomatlashtirilmoqda, ko‘plab jarayonlar raqamli formatga o‘tkazilmoqda. Tez orada kompaniya mijozlarini bundanda yoqimli sovg‘alar kutmoqda – sug‘urta to‘lovlari yanada qulay bo‘ladi.

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash amalda foydali va qulay ekanligini isbotlamoqda.

Sug‘urta polisini ro‘yxatdan o‘tkazish: insurance.uz

Aloqa-markazi: 71 207 60 00

«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top