“O‘zbekinvest” 2023 yilda umumiy qiymati 20 trln so‘m bo‘lgan 3300 dan ortiq investitsiya loyihalarini sug‘urta himoyasi bilan qamrab oldi
2023 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi investitsiya loyihalarini, jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatini kengaytirdi.
2023 yilda qabul qilingan majburiyatlar hajmi 20 trillion so‘mni tashkil etdi. O‘zbekiston hududlarida sug‘urtaning ushbu sohasini rivojlantirish ishlarining yakuni bo‘yicha 35 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta’minlandi, bu 2022 yil yakuniy ko‘rsatkichidan 120 foizga ko‘pdir.
2023 yil davomida “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihalarini sug‘urta qilish doirasida tuzilgan 48 ta shartnoma bo‘yicha 12,8 milliard so‘m sug‘urta tovoni to‘langan.
O‘zbekiston bo‘yicha investitsiya loyihalarini sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 3307 tani tashkil etdi.
Kompaniya yirik va o‘rta biznes-tuzilmalarga hamda korxonalarga qurilish-montaj tavakkalchiligi, mulk, javobgarlik, yuklarni sug‘urtalash, shuningdek, eksport shartnomalarini sug‘urtalash kabi zamonaviy, dolzarb sug‘urta mahsulotlar to‘plamini taklif etadi.
2024 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi investitsiya loyihalarini, jumladan, O‘zbekiston hududlaridagi erkin iqtisodiy, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan zonalar hududlarini sug‘urtalashda kuchli va ishonchli hamkor sifatida faol bo‘lib qoladi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | YouTube
Mavzuga oid
10:30 / 19.11.2024
“Moody’s” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” reytingini “barqaror” prognozi bilan “Ba2” darajasiga ko‘tardi
10:04 / 04.11.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasi Lloyd’s of London bosh qarorgohida O‘zbekiston sug‘urta bozori taqdimotini o‘tkazdi
10:00 / 18.10.2024
“O‘zbekinvest” kompaniyasida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
09:00 / 03.10.2024