12:59 / 22.04.2020
7043
Jizzaxda noqonuniy tashib ketilayotgan baliq mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda 

Foto: IIB axborot xizmati

Arnasoy tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida baliq mahsulotlarini noqonuniy tashish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tumanning B.Fayziyev mahallasi hududida tashkil etilgan to‘siq postida Zafarobod yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Paxtakor tumani, Suvonobod mahallasida istiqomat qiluvchi, 1984 yil tug‘ilgan B.O. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganda, 15 dona 35 kilogramm baliq mahsuloti noqonuniy tashib ketilayotgani ma'lum bo‘ldi.

Huquqbuzar baliq mahsulotini Chinobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1994 yil tug‘ilgan D.L.dan 945 ming so‘m pul evaziga sotib olganligi ma'lum bo‘ldi.  

Holat yuzasidan tuman IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Top