Braziliya hukumati qurg‘oqchilik iqlim o‘zgarishi va El-Nino hodisasiga bog‘liq ekanini aytmoqda. Natijada Amazonka shimolida yog‘ingarchilik o‘rtacha tarixiy ko‘rsatkichdan pastlagan va daryolar sathi rekord darajaga tushib ketgan. Suv sathining pasayishi Amazonka atrofida yashaydigan qariyb 30 million kishining hayotiga xavf solyapti.

20 ta shaharda favqulodda holat e’lon qilingan. Ko‘plab daryolar qurib, o‘n minglab odamlar uzoq o‘rmon qishloqlarida yordamsiz qolmoqda.

Tirikchilik va transport uchun daryolarga butunlay bog‘lanib qolgan qishloqlar oziq-ovqat, dori-darmon va suvni havo transporti orqali olishga majbur bo‘lyapti. Ayrimlar suv uchun quduq qazyapti.


Transport, gaz va ta’minot zaxiralari ortilgan kemalar Rio Negro daryosida suv sathi tushib ketgani uchun o‘rnidan qo‘zg‘alolmay, quruqlikda qolib ketgan.



Jazirama va qurg‘oqchilik daryoda ko‘plab baliq va delfinlarning katta miqdorda o‘lishiga sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti.





















