12:29 / 01.05.2020
27077

Toshkent shahar FVB fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekistonga nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha yetadi. 

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

“Gidrometeorologiya xizmatining bergan ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1-2 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha yetadi. 

Shu munosabat bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sizlardan ehtiyot choralarini ko‘rishingizni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, 1050 qisqa raqamga murojaat etishingizni so‘raydi”, - deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani xabar berilgandi.

Top