21:52 / 01.05.2020
85098

Zominda opa-ukani sel oqizib ketdi

Jizzax viloyatida kuchli yomg‘irdan keyin kuzatilgan suv toshqini Zomin tumanida opa-ukalarni oqizib ketdi. 

Foto: Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Jizzax viloyati IIB xabar qilishicha, Zomin tumani «Shirin» qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. soydan sel kelishi natijasida oqib ketgan.

Opa-ukaning oziq-ovqat do‘koniga xarid uchun chiqqani aytilmoqda. Ular qishloq hududidan oqib o‘tuvchi soydan o‘tayotgan vaqtda sel kelib oqizib ketgan. T.F.ning jasadi soy bo‘yidan topilgan. T.G. hushsiz holda tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan, biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay kasalxonada vafot etgan.

Avval Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sel kelishi oqibatida o‘nlab qoramolning suvga oqib halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top