13:46 / 02.05.2020
21465

Maktab rahbariyati karantin davrida sinflarni ta'mirlashni talab qilishi to‘g‘rimi?

Bugun, 2 may kuni AOKAda ta'lim sohasidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov fuqarolardan kelgan savollarga javob berdi.

Maktab rahbariyati karantin davrida sinflarni ta'mirlashni talab qildi, bu to‘g‘rimi?

“Savol kim berganiga bog‘liq. O‘qituvchilardan talab qilinayotgan bo‘lsa, albatta, bu noto‘g‘ri.

Lekin hozir karantin vaqtida qurilish ishlariga ruxsat berilgan. Maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilar yo‘q. Paytdan foydalangan holda qurilish va ta'mirlash ishlarini sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirsa bo‘ladi”, - dedi Shermatov.

Maktabni oltin medalga bitirayotgan o‘quvchilarga imtiyozlar beriladimi?

“Yo‘q, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan. Qolaversa, Xalq ta'limi vazirligi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta'lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarni oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat”, - dedi Shermatov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top