17:00 / 02.05.2020
19754
Yana 8 nafar bemor tuzaldi, Toshkentda jami sog‘ayganlar 400 nafardan oshdi

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1263 nafarni tashkil etmoqda.

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar bemor butunlay  sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra. tuzalganlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, 7 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. 

Toshkent shahrida shu paytga qadar 393 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 401 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1263 nafarni tashkil etmoqda.

Top