22:04 / 04.05.2020
2880
Dubaydagi “EKSPO-2020” ko‘rgazmasi bir yilga qoldirildi

Butunjahon ko‘rgazmalar byurosi (BIE) Dubayda 2020 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan “EKSPO-2020” xalqaro ko‘rgazmasining 2021 yilga ko‘chirilishini rasman ma'qulladi.

Foto: Getty Images

Ko‘rgazma koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yil 1 oktyabridan 2022 yil 31 martigacha o‘tkaziladi. BIE a'zolari ushbu qarorga onlayn rejimda ovoz berishgan. Onlayn ovoz berish 29 may kuni tugashiga qaramay, 24 apreldayoq ko‘rgazma ko‘chirilishi uchun zarur bo‘lgan ovoz to‘plab bo‘lingan.

BAA tomonidan tarixdagi eng yirik “EKSPO”ning koronavirus pandemiyasi sababli ko‘chirilishi haqidagi murojaat ko‘rgazmalar byurosiga 30 martda kelib tushgan. Ta'kidlanishicha, byuro a'zolari ko‘rgazmaning rasmiy nomlanishi “EKSPO 2020 Dubay”ning saqlanib qolinishiga qaror qilishgan.

Mavzusi “Aqllarni birlashtirib, kelajakni yaratamiz” (Connecting Minds, Creating the Future) bo‘lgan ko‘rgazmada 192 davlat ishtirok etadi. Ko‘rgazma tashkiliy qo‘mitasi ko‘rgazma davomida unga 20 mln kishi tashrif buyurishi kutilayotganini ma'lum qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top