18:32 / 04.05.2020
10255
Sirdaryo viloyatida elektr energiyasi ta'minotini tiklash ishlari olib borilmoqda

Izdan chiqqan elektr energiyasi ta'minotini tiklash va hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 100 nafardan ortiq ishchi-xodim, 50dan ortiq maxsus texnika jalb qilindi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

1 may kuni “Sardoba” suv omboridagi avariya va uning oqibatlari bilan kurashishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ayni paytda avariyaviy tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatining qator hududlarida izdan chiqqan elektr energiyasi ta'minotini tiklash va hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 100 nafardan ortiq ishchi-xodim, 50dan ortiq maxsus texnika jalb qilindi. Sirdaryolik hamkasblarga ko‘mak kuchi sifatida Farg‘ona, Andijon, Namangan va boshqa viloyatlardan ham xodimlar maxsus texnika va zarur jihozlar bilan Sardobaga yetib kelishgan.

Hozirda ofat yetgan hududlarda transformator punktlarini suv yuvishi natijasida vujudga kelgan loy va chiqindilardan tozalash, shuningdek, toshqin natijasida yaroqsiz holga kelgan tayanch ustunlarni yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zarar ko‘rgan hududlarda “Baliqchi”, “A. Tairov”, “Uch tom”, “Yangi hayot” nimstansiyalari suv ostida qolishi natijasida 8 mingdan ortiq iste'molchi elektr energiyasidan uzilib qolgan.

Shu bilan bir qatorda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida hududga kelgan harbiy xizmatchilar va boshqa ko‘ngillilar uchun qurilgan vaqtincha yashash joylarini elektr energiyasi bilan ta'minlash ishlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top