10:30 / 07.05.2020
6870

Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchisi karantin vaqtida avtoulovni olib qochdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 11 aprel kuni taxminan soat 01:30 larda noma'lum shaxs 51 yoshli fuqaro R.M. tomonidan Beruniy tumani Kepakliqal'a ko‘chasi 71-uyning oldida qarovsiz qoldirilgan Damas rusumli transport vositasini noma'lum tomonga olib qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov va tezkor qidiruv ishlari davomida R.M.ga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomashina Beruniy tumani Navoiy OFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonidan texnik soz holatda topilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni Beruniy tumani Chig‘atoy ko‘chasida yashovchi umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan 17 yoshli B.A. sodir qilganligi aniqlangan.

Top