16:37 / 12.05.2020
3420
Britaniya mamlakatga kelayotgan barcha shaxslar uchun majburiy ikki haftalik karantin joriy etdi
Foto: iStock

Buyuk Britaniya mamlakatga kelgan barcha shaxslarga ikki haftalik karantin joriy etadi, bunda Fransiyadan kelganlar istisno sanaladi. Bu haqda Bloomberg mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonning murojaatiga asoslanib yozmoqda.

Yangi ehtiyot chorasi Britaniya asta-sekin karantindan chiqishni boshlagani bilan bog‘liqdir. Endi mamlakatga kelganlarning barchasi, shu jumladan britaniyaliklar ham ikki haftalik muddat davomida o‘zlarini majburiy ravishda yakkalatishlari kerak.

Buyuk Britaniya mamlakatga kirishni taqiqlamadi va shu paytgacha aviakompaniyalarning parvozlarini cheklamadi. Aviakompaniyalar jadvalni boshqa mamlakatlarda joriy etilgan talab hamda cheklovlar asosida o‘zgartirdi.

British Airways, Easyjet va Britaniyaning boshqa aviakompaniyalari vakillari hukumatni tashrif buyuruvchilar uchun ikki haftalik karantinni bekor qilish imkoniyatini har hafta ko‘rib chiqishga chaqirdi, deb yozadi Reuters. Aviakompaniyalarning fikricha, yangi chora nafaqat ularning biznesi uchun, balki butun iqtisodiyot uchun «falokatli» bo‘lishi mumkin.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top