Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuçlarining sobiq boş qömondoni Valeriy Zalujniyni harbiy xizmatdan böşatdi. 8 may kuni tegişli qaror davlat rahbari saytida e’lon qilindi.
«General Valeriy Fedoroviç Zalujniy soğliği sababli harbiy xizmatdan ozod qilinsin. Unda harbiy forma kiyiş huquqi saqlanib qolsin», deyiladi hujjatda.
Prezident boşqa farmon bilan Zalujniyni Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elçisi etib tayinladi.
Şuningdek, Zelenskiy farmon bilan Sergey Lupançukni Ukraina Qurolli Kuçlari Maxsus operatsiyalar kuçlari qömondoni lavozimidan ozod qildi va bu lavozimga Ukraina Qahramoni Aleksandr Trepakni tayinladi.
Volodimir Zelenskiy fevral oyida Ukraina Qurolli kuçlari rahbariyati özgarişini ma’lum qilgan edi. 2021 yildan beri Ukraina Qurolli kuçlariga qömondonlik qilgan va sörovlar natijalariga köra Ukrainadagi eng maşhur harbiy deb topilgan Valeriy Zalujniy işdan böşatildi. Aleksandr Sirskiy Ukraina Qurolli kuçlarining yangi boş qömondoni böldi.
Zalujniy iste’foga çiqişidan oldin Ukraina va Ğarb ommaviy axborot vositalari bir neça oy davomida Zelenskiy va Zalujniy örtasidagi mojaro Ukrainaning frontda muvaffaqiyatsiz qarşi hujumi fonida sodir bölganligi haqida xabar berişdi.














