11:42 / 16.05.2020
16062
17 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti- vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Top