Yakşanba kuni Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda.
“Özgidromet” xabariga köra, 10 may kuni deyarli barça hududlar nam va nisbatan salqin havo massalari ta’siri ostida böladi. Respublika böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Farğona vodiysi viloyatlarida keçga tomon ba’zi joylarda yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida keçasi yomğir yoğadi, kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
Yakşanba kuni Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat respublikaning toğoldi va toğli hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomğir yoğişi mumkin.
Harorat juma va şanba kuni +19…+23, yakşanba kuni +24…+28 daraja atrofida, şimolda, janubda va çöl hududlarda +29…+33 darajagaça böladi.
Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 10−11 mayda respublika böyiça ba’zi joylarda, 12 mayda şimolda va çöl hududlarda 15−20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkent şahrida 10 mayda va keçasi 11 mayda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. 11 may kuni kunduzi qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
12 mayda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat 10 mayda +21…+23, 11 mayda +19…+21, 12 mayda +24…+26 daraja böladi. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 10 mayda 12−14 m/s gaça kuçayişi mumkin.













