20:58 / 27.05.2020
69962
Tojikiston koronavirusdan zararlanish holatlari soni bo‘yicha O‘zbekistonni ortda qoldirdi

Tojikistonda so‘nggi bir kun davomida 158 kishida koronavirus aniqlandi va koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3 424taga yetdi.

© AFP 2019 / BANARAS KHAN

So‘nggi bir kunda 158 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ya'ni, kasallik yuqtirganlar va tuzalganlar soni bir xil bo‘ldi. Bu haqda mamlakatdagi koronavirus statistikasini berib boruvchi covid.tj saytida ma'lum qilingan.

Endilikda Tojikiston kasallanish holatlari soni bo‘yicha O‘zbekistonni ortda qoldirdi.

So‘nggi bir sutka davomida qo‘shni mamlakatda virus sabab o‘lim holati qayd etilmadi. Shunday bo‘lsada, Tojikistonda koronavirusdan vafot etganlar soni Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng ko‘p bo‘lib turibdi - 47 nafar.

Mintaqada eng ko‘p holat Qozog‘istonda qayd etilgan - 9 304 holat. Bu mamlakatda koronavirusga o‘tkazilayotgan testlar soni oshgani sabab kasallik o‘sish darajasi tezlashgan.

Qirg‘izistonda so‘nggi bir kunda 58 kishida virus aniqlanib, umumiy kasallanish holatlari soni 1 520 nafarga yetgan bo‘lsa, O‘zbekistonda virus yuqtirganlar 3 355 nafarni tashkil etmoqda.

Mintaqaning yana bir davlati Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top