11:28 / 29.05.2020
20229
FVV tog‘li hududlarda sel xavfi haqida ma'lum qildi 

2020 yilning 29-31 may kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 29-31 may kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top