08:22 / 30.05.2020
4333
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi

Alisher Yakubov Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Alisher Yakubov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida faoliyat boshlagan.

Alisher Yakubov

A. Yakubov 1980 yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (2001 yil), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti magistraturasini (2003 yil) tamomlagan.

2018 yil 12 iyuldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Top