13:00 / 31.05.2020
11648
Fotoreportaj: SpaceX ilk marta astronavtlarni kosmosga uchirdi

SpaceX kompaniyasi sinov parvozlari doirasida Crew Dragon kemasini Floridadagi Kennedi kosmik markazidagi maydonchadan muvaffaqiyatli uchirdi. Startdan 12 daqiqa o‘tib Crew Dragon past orbitaga chiqdi.

SpaceX uchun bu fazogir ishtirokida kosmosga amalga oshirilgan ilk parvozdir. Tarixda ilk bor bunday jarayon xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirildi. NASA agentligi va SpaceX kompaniyasi Dragon kosmik yuk kemasining boshqariladigan versiyasini yaratish uchun 2014 yili qiymati 2,6 milliard dollarlik shartnoma imzolagandi. SpaceX boshqariladigan parvozlarni 2017 yildan boshlashi kutilgan edi, biroq Falcon eltuvchi raketasining bir necha avariyalaridan so‘ng kompaniyaning barcha ruxsatnomalarni olishi bir necha bor ortga surilgandi.

Crew Dragon’da uchgan faxriy astronavtlar Duglas Hyorli va Robert Benken 2011 yildan buyon AQSh hududidan uchirilgan ilk kema fazogirlari bo‘lishdi.
​​​​​​Foto: SpaceX
Crew Dragon Falcon 9 raketa tashuvchisi orqali Kanaveral burnida joylashgan Kennedi kosmik markazidan mahalliy vaqt bilan soat 15:22da uchirildi
Foto: Reuters
Raketa uchirilishini kompaniya asoschisi Ilon Mask kuzatib bordi
Foto: Reuters
Astronavtlar uchish maydonchasiga Tesla kompaniyasi avtomobilida yetib kelishdi
Foto: Zuma/TASS
SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan kemani Falcon 9 eltuvchi raketasi fazoga olib chiqdi. Uning birinchi bosqichi Atlantika okeanidagi platformaga qo‘ndirildi. Undan yana foydalanish mumkin. Foto: Reuters
Duglas Xyorli va Robert Benken avval ham bir necha marta kosmosda bo‘lishgan. NASA va SpaceX ekspeditsiya Xalqaro kosmik stansiyada qancha vaqt bo‘lishiga aniqlik kiritmagan. Ular 4 oygacha fazoda qolishi mumkin. Foto: Reuters
Falcon 9 startini Floridada AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens ham kuzatib borishdi
Foto: Reuters
Crew Dragon XKSga doimiy parvozlar uchun sertifikat oladi. 2011 yildan buyon NASA astronavtlarini XKSga Rossiyaning «Soyuz» kemalarida olib chiqilayotgandi. 2019 yili «Soyuz»da har parvozda astronavt uchun bitta joy narxi 86 million dollarga teng bo‘lgan. Foto: AP/TASS
Kema ikkinchi urinishda orbitaga uchirildi, 27 may kuni bo‘lib o‘tgan birinchi urinish startga 16 daqiqa qolganida noqulay ob-havo sharoiti sabab qoldirilgan edi. Foto: SpaceX

 

Top