Sog‘ayish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.
Toshkentdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 20 nafar va Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 28 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Shu tariqa, 10 iyun kuni:
- Toshkent shahrida 49 kishi (ular orasida tojikistonlik bir nafar 40 yoshli fuqaro ham bor);
- Navoiy viloyatida 8 kishi;
- Buxoro viloyatida 7 kishi;
- Samarqand viloyatida 6 kishi;
- Namangan viloyatida 3 kishi koronavirusdan forig‘ bo‘ldi.
So‘nggi berilgan ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda kamida 4591 kishi koronavirusga chalingan.
Ulardan 3532 nafari tuzalib chiqdi, qurbonlar soni 18 nafarni tashkil etmoqda.