Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi
Abituriyentlar 5tagacha ta'lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.
Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.