Bu yil magistratura bosqiçi uçun qişki qabul oçiliş–oçilmaslik masalasi talabgorlar orasida muhim bölib turibdi. Kun.uz şu savolga aniq javob oliş uçun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan boğlandi.

Vazirlik bergan ma’lumotga köra, 2023/2024 öquv yili uçun respublika davlat oliygohlari magistraturasiga jami 17 128 ta qabul parametrlari tasdiqlangan. Bu tanlovda iştirok etiş uçun talab darajasidagi sertifikatga ega bölgan 10 977 nafar abituriyentlar onlayn röyxatdan ötgan. Şulardan 6 393 nafar abituriyent magistraturaga tavsiya etildi. Şundan 3 238 nafari davlat granti, 3 155 nafari tölov-kontraktga töğri keladi.

Asosiy kvotadan taşqari, yutuqlarga köra imtiyozlarga ega va nogironligi bölgan talabgorlardan 839 nafari ham magistraturaga tavsiya etilgan. Bunda – 687 nafari davlat granti, 152 nafari tölov-kontraktga töğri kelgan.

Umuman olganda belgilangan kvotaning 10 735 ta (62,7 foiz)si vakant qolmoqda. Jumladan, davlat granti asosida 5700 ta, tölov-kontrakt asosida – 5035 ta. Demak, yana qabul böladimi, degan savol oçiq turibdi.

Maxsus komissiya javobiga boğliq

Tegişli hujjatga köra, magistraturaga qabul 2022/2023 öquv yilidan boşlab respublikada faoliyat yurituvçi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim taşkilotlari va ularning filiallari bakalavriati va magistraturasiga qabul bir öquv yilida bir marta (iyun — sentabr oylari oraliğida) amalga oşiriladi.

Qolaversa, 2023 yilning iyun oyida OTFIV sobiq vaziri Ibrohim Abdurahmonov yangi öquv yilida faqat bir marta qabul bölişi rejalaştirilayotganini aytgandi.

“Biz faqat ötgan bir yil uçun 2 marta magistraturaga hujjat topşirişga qabul komissiyasidan ruxsat sörab olganmiz. Öşa yili yangi tizim joriy etilgani va til sertifikatlari talab qilingani hisobiga şunday bölgandi”, – degandi vazir.

Vazirlikning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, magistraturaga 1 yilda 2 marta qabul bölişiga OTFIVning taklifiga asosan ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan ruxsat etilganda yöl qöyiladi.

Vazirlik magistratura qişki qabuli uçun maxsus komissiyaga taklif kiritadimi va agar kvotalar böş qolsa, keyinçalik kadrlar yetişmovçiligi kuzatilmaydimi, degan savollarga javoblar esa oçiq qolyapti.