09:41 / 13.06.2020
3357

Mirobod tumanida Haydar Aliyev ko‘chasidagi yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopildi

Yo‘l ta'mirlash ishlari sabab bir haftaga yopildi.

Joriy yilning 13 iyun kunidan boshlab Mirobod tumanidagi Haydar Aliyev ko‘chasining Ozarbayjon madaniyat markazi joylashgan manzilidan Sariko‘l ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘idagi yo‘lning bir tomoni yopildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining bergan xabarga ko‘ra, ushbu yo‘lning bir tomoni ta'mirlash ishlari sabab bir haftaga yopilgan.

Mazkur yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga ma'lum muddat aylanma yo‘llardan yurish tavsiya etilgan.

Mavzuga oid
Top