23:05 / 14.06.2020
19790

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 5100ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 14 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5080 (+) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 2 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 114ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 69 kishi tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3943 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda 1118 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top